Prezident va davlat nomli stipendiyalarga nomzdlarni o‘rganish boshlandi
-
Author:KQKB
-
Date:
23-07-2025
-
Count:
 221
Andijon davlat texnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli farmon va qarorlari hamda Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 239-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va davlat nomli stipendiyalarga nomzodlarni o’rganish bo‘yicha komissiya o‘z ishini boshladi.
2025-yil 23-iyul kuni nomzodlarning o’zlashtirish ko’rsatkichlari va transkriplardagi baholar haqqoniyligi o’rganildi.
Ushbu jarayonda shaffoflik va adolat mezonlariga rioya etilish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilmaslikni ta’minlash maqsadida komissiya tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i ishtirok etmoqda.
👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅