• +99874 224-08-08 (1001)

info@astiedu.uz

“Kelajakka qadam” – oliy ta’lim bitiruvchilari uchun imtiyozli kreditlar!

Siz Andijon davlat texnika instituti bitiruvchisimisiz? O‘z biznesingizni boshlashni, kasbiy faoliyatingizni yo‘lga qo‘yishni yoki amaliy loyihangizni moliyalashtirishni istaysizmi?

Unda, siz uchun yangi imkoniyat yaratildi! Bugundan boshlab Andijon davlat texnika institutida “Kelajakka qadam” markazi o‘z faoliyatini yana boshladi va hoziroq ushbu markazga tashrif buyurib, o‘z g‘oya va tashabbuslaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Kredit shartlari

Kredit maqsadi Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi bosqich talabalarining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish
Kredit oluvchi Ijtimoiy soliq to‘lagan, o‘zini-o‘zi band qilgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari
Kredit summasi 20 mln. so‘mgacha
Foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 1 %
Kredit muddati 18 oygacha
Imtiyozli davr 6 oygacha
Kredit manbasi Bank o‘z mablag‘lari
Garov ta’minoti Kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta kompaniyasi polisi

Stop-faktorlar

  • Salbiy kredit tarixiga egaligi
  • Muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjudligi

Kredit shartlari

Kredit maqsadi Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi bosqich talabalarining tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish
Kredit oluvchi
  • Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari
  • Ta’sischisi yoki korxona rahbari oliy ta’lim tashkiloti bitiruvchi talabasi bo‘lgan yuridik shaxslar
Kredit summasi 300 mln. so‘mgacha
Foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 1 %
Kredit muddati 5 yilgacha
(Aylanma mablag‘lar uchun 36 oygacha)
Imtiyozli davr 1 yilgacha
(Aylanma mablag‘lar uchun 6 oygacha)
Garov ta’minoti 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan kreditlar uchun – sug‘urta polisi
100 mln. so‘mdan yuqori bo‘lgan kreditlar uchun - likvid garov ta’minotlari
Alohida shartlar
  • Kredit oluvchi direktor yoki ta’sischi bo‘lishi talab etiladi
  • YATT va yuridik shaxs tashkil etuvchi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi talabalari “Kelajakka qadam” dasturi ishtirokchilari bo‘lishi

Stop-faktorlar

  • Salbiy kredit tarixiga egaligi
  • Muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjudligi

Kredit shartlari

Kredit maqsadi Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi bosqich talabalarining tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish
Kredit oluvchi
  • Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari
  • Ta’sischisi yoki korxona rahbari oliy ta’lim tashkiloti bitiruvchi talabasi bo‘lgan yuridik shaxslar
Kredit summasi 2 mlrd. so‘mgacha
Foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 1 %
Kredit muddati 7 yilgacha (Asosiy vosita sotib olish uchun 84 oygacha)
Aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun 36 oygacha
Imtiyozli davr 2 yilgacha (Asosiy vosita sotib olish uchun 24 oygacha)
Aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun 6 oygacha
Garov ta’minoti Kredit summasining 125 %ni qoplaydigan likvid garov ta’minotlari
Alohida shartlar
  • Kredit oluvchi direktor yoki ta’sischi bo‘lishi talab etiladi
  • YATT va yuridik shaxs tashkil etuvchi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi talabalari “Kelajakka qadam” dasturi ishtirokchilari bo‘lishi
  • Kamida 2 ta ish o‘rni yaratishi
  • Bitiruvchi oliygohni tamomlaganiga 5 yildan oshmagan bo‘lishi
  • Kredit ariza taqdim etilgan sanada qarzdor (yosh tadbirkor) 18 yoshga to‘lgan va 31 yoshdan oshmagan jismoniy shaxs bo‘lishi

Stop-faktorlar

  • Salbiy kredit tarixiga egaligi
  • Muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjudligi

Kredit shartlari

Kredit maqsadi Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi bosqich talabalarini bandligini ta’minlagan tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish
Kredit oluvchi O‘ttiz bir yoshga to‘lmagan talaba va yoshlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari
Kredit summasi 10 mlrd. so‘mgacha
Foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 1 %
Kredit muddati 7 yilgacha
(Aylanma mablag‘lar uchun 36 oygacha)
Imtiyozli davr 2 yilgacha
(Aylanma mablag‘lar uchun 6 oygacha)
Garov ta’minoti Garov ta’minoti talab etiladi
Alohida shartlar
  • Har bir milliard so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida 1 nafar bitiruvchi ishga qabul qilishi talab etiladi (shartlar bajarilmagan taqdirda kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi)

Stop-faktorlar

  • Salbiy kredit tarixiga egaligi
  • Muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjudligi

“Mening birinchi kasbim” loyihasida yaratilgan imkoniyatlar

Loyiha maqsadi Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini kasbga tayyorlash jarayonlarini tashkil qilish va moliyalashtirish

Yaratilgan imkoniyatlar

  • Oliygoh bitiruvchilari orasida tanlov o‘tkazilib ularga malaka oshirish davri uchun oylik 5 BHM gacha stipendiya ajratiladi
  • Bitiruvchilar chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlari va korxonalarda qisqa muddatli kurslarda qatnashishlari uchun 50 BHM gacha mablag‘ ajratiladi
  • Biznes reja tayyorlash harajatlari qoplab beriladi
  • “Talaba Expo 2026” kasb ko‘rgazmalari natijalariga ko‘ra bitiruvchilar va yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashiladi
📄 Ariza topshirish, hujjatlar va kredit shartlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot uchun: bu havolani bosing
🎓 “Kelajakka qadam” bilan orzularingizni amalga oshiring!

💬 Murojaat uchun:
+998 93 951 67 61

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.