• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Talabalar dual ta’lim asosida “HAMKORBANK” ATB “NODIRABEGIM” filialida tahsil olmoqda

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    17-12-2025

  • Count:

     25

blog

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega qilib tarbiyalash, o‘quv jarayoniga dual ta’lim tizimini keng joriy etish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish borasidagi dolzarb vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat texnika institutining mingdan ortiq talabalari 30 dan ziyod yirik korxona va tashkilotlarda dual ta’lim asosida tahsil olmoqda.

Mehnat bozoridagi real ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, korxona va tashkilotlar hamda iqtisodiyot tarmoqlaridagi aniq ish o‘rinlari bilan uzviy bog‘langan ta’lim jarayonini tashkil etish raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Dual ta’lim tizimi ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini ta’minlash, amaliy ko‘nikmalar va ish tajribasini shakllantirish, mehnat bozoriga moslashish, bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda ishlab chiqarish talablariga mos ta’limni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dual ta’lim loyihasi doirasida institut talabalari o‘z ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha biriktirilgan korxona va tashkilotlarda belgilangan reja asosida nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lib bormoqda. Jumladan, talabalar “HAMKORBANK” ATBning “Nodirabegim” filialida dual ta’lim asosida tahsil olib, bank faoliyatiga oid zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zlashtirmoqda.

 

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.