• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Xitoyning PHOENIX Publishing & Media Group nashriyotiga rasmiy tashrif amalga oshirdi. Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Xitoyning PHOENIX Publishing & Media Group nashriyotiga rasmiy tashrif amalga oshirdi.

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    13-12-2025

  • Count:

     96

blog

🇺🇿Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Xitoyning PHOENIX Publishing & Media Group nashriyotiga rasmiy tashrif amalga oshirdi. 

✅Tashrif davomida Xitoy tilidagi adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, shuningdek Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy va o‘quv adabiyotlarni nufuzli nashriyot orqali chop ettirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Kelishuvning asosiy yo‘nalishlari:

🇨🇳Xitoy tilidan o‘zbek tiliga madaniy, ilmiy va badiiy yo‘nalishdagi adabiyotlarni tarjima qilish;

✅Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, o‘quv qo‘llanma va ilmiy adabiyotlarni PHOENIX Publishing nashriyotida nashr etish;

🤝Hamkorlik doirasida sifatli, mazmunan boy va bozor talabiga mos tarjima hamda nashrlarni amalga oshirish.

✅Ushbu kelishuv ikki tomon o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va ilmiy izlanishlar sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. 

✅Hozirda hamkorlik bo‘yicha tegishli hujjatlar va batafsil ish rejasi ishlab chiqilmoqda.

📚Maʼlumot uchun Phoenix Publishing & Media Group (PPMG) — Xitoyning Nanjing shahrida joylashgan, mamlakatdagi eng yirik va nufuzli nashriyot-media guruhlaridan biridir. 

📖U kitob nashriyoti, ilmiy va o‘quv adabiyotlari ishlab chiqish, elektron nashrlar, media mahsulotlari, tarqatish va matbaa sohalarini o‘z ichiga olgan holda keng ko‘lamda faoliyat yuritadi. PPMG Xitoyning ta’lim sohasi uchun darsliklar tayyorlashda yetakchi o‘rin egallaydi va xalqaro hamkorlik hamda tarjimalar bo‘yicha dunyoning eng yirik nashriyotlari qatoriga kiradi. 

Guruh Global Top-50 nashriyotlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ko‘plab mamlakatlar bilan tarjima, nashr va madaniy almashinuv bo‘yicha hamkorlik qilib keladi.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.