• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

Xitoyning North China University of Technology (NCUT) institutining zamonaviy laboratoriyasiga ekskursiya tashkil etildi

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    13-12-2025

  • Count:

     33

blog

Xitoyning North China University of Technology (NCUT) institutining zamonaviy laboratoriyasiga ekskursiya tashkil etildi

Xitoydagi yetakchi oliy ta’lim muassasasining zamonaviy ilmiy laboratoriyasi bilan tanishuv tashkillashtirildi. 

Mazkur laboratoriya ilg‘or texnologiyalar, yuqori aniqlikdagi asbob-uskunalar hamda kuchli ilmiy infratuzilma bilan jihozlangan bo‘lib, ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Laboratoriyada avtomatika, sun’iy intellekt, kimyo, materialshunoslik va elektronika yo‘nalishlariga oid so‘nggi avlod asbob-uskunalari o‘rnatilgan. 

Ushbu jihozlar innovatsion yechimlar yaratish, yangi materiallar va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish, shuningdek istiqbolli ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, laboratoriya talabalarning amaliy mashg‘ulotlari, ilmiy loyihalarda ishtiroki, xalqaro tajriba orttirishi va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilishiga qulay sharoit yaratuvchi ilmiy baza sifatida ham e’tirof etiladi.

Xitoy institutining mazkur laboratoriyasi zamonaviy ilm-fan talablariga javob beradigan yuqori darajadagi ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi va mutaxassislar salohiyatiga tayanib, xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin egallaydi.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.