ANDTI delegatsiyasining Shanghai Jiao Tong Universiteti bilan hamkorlik tashrifi
-
Author:Matbuot
-
Date:
12-12-2025
-
Count:
 37
🎤Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida joylashgan, dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shanghai Jiao Tong University (SJTU)ga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.
✅Mazkur universitet QS xalqaro reytingida 50-o‘rinni egallab, ilmiy yutuqlari, innovatsion tadqiqotlari va yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi tajribasi bilan tanilgan.
✅Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilinib, quyidagi muhim kelishuvlarga erishildi.
✅Qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishildi.
🤝Tomonlar birgalikda innovatsion loyihalar, ilmiy seminarlar va akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish masalalarida fikr almashdilar.
“Mechanical Engineering” yo‘nalishi bo‘yicha “1+1” qo‘shma o‘quv dasturini yaratish masalasi muhokama qilindi.
🎤Mazkur dastur doirasida talabalar bir yil Andijon davlat texnika institutida, keyingi yil esa SJTUda ta’lim olib, xalqaro tan olingan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari ko‘zda tutilmoqda.
🎓Talabalar va o‘qituvchilar uchun stajirovka dasturlarini tashkil etish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Ushbu tashabbus yosh mutaxassislar va pedagoglar uchun ilg‘or tajribalarni o‘rganish, zamonaviy laboratoriyalarda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi.
✅Uchrashuv yakunida ushbu hamkorlik ikki davlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni yanada mustahkamlashi, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda talabalar uchun global miqyosdagi yangi imkoniyatlarni ochib berishi ta’kidlandi.