• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

ADTI va O‘zbekiston voleybol federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    26-11-2025

  • Count:

     992

blog

Andijon davlat texnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Umid Turdialiyev  O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan Andijon davlat texnika instituti “Talaba” sport klubi qoshida voleybolning olimpiya yo‘nalishi bo‘yicha tizimli mashg‘ulotlarni tashkil etish, talabalarni sportga keng jalb qilish va institut jamoasining musobaqalardagi ishtirokini yanada faollashtirish muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida hamkorlik doirasida talabalarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishm, voleybol bo‘yicha professional mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, respublika va xalqaro miqyosidagi musobaqalarda muntazam ishtirok etishga kelishib olindi. 

Yakunda Andijon davlat texnika instituti hamda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.