Andijon davlat texnika instituti
“Eko-faol talabalar” bo'limi
Andijon davlat texnika institutida “Eko-faol” bo‘limi tashkil etildi! Talabalarning ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatni kuchaytirish va barqaror rivojlanish g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida Andijon davlat texnika instituti Talabalar bo‘limi tarkibida yangi “Eko-faol” bo‘limi tashkil etildi.
Mazkur bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Talabalar o‘rtasida ekologik ong va madaniyatni shakllantirish;
- Institut hududida tozalikka rioya qilish va chiqindilarni saralash bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish;
- Daraxt ekish, ekologik yurishlar, seminarlar va “yashil hayot” g‘oyasiga bag‘ishlangan tadbirlarni uyushtirish;
- Ekologik muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etishga yo‘naltirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.
Bo‘lim faoliyatida har bir talaba ishtirok etishi, o‘z g‘oyalari bilan ulush qo‘shishi mumkin. “Eko-faol” – bu faqat bo‘lim emas, balki ekologik mas’uliyatli yoshlar harakati!
Bobur shahrida plogging aksiyasi o‘tkazildi
Bobur shahrida bir guruh faol volontyor yoshlar tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan plogging aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tashabbus ekologik madaniyatni yuksaltirish va fuqarolarni tabiatni asrashga chorlash maqsadida amalga oshirildi.
Aksiya davomida 50 nafarga yaqin yoshlar faol ishtirok etib, shaharning turli hududlarida chiqindilarni yig‘ish, jamoat joylarini tozalash hamda ekologik tozalikni ta’minlash ishlarida qatnashdilar. Ishtirokchilar nafaqat jismoniy faollik bilan shug‘ullanishdi, balki atrof-muhitni muhofaza qilishga ham munosib hissa qo‘shdilar.
Plogging aksiyasi yoshlarning faolligi, jamoaviy hamkorligi va tabiatga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatini yaqqol namoyon etdi. Bunday tadbirlar ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik, yashash hududlarini ozoda saqlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan yig‘ilgan chiqindilar belgilangan tartibda olib chiqildi hamda hududlar yanada obod va toza holatga keltirildi. Tashkilotchilar bunday aksiyalarni muntazam ravishda o‘tkazish orqali yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yanada rivojlantirishni maqsad qilganliklarini ta’kidladilar.
Atrof-muhitni asrash va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning muhim vazifalaridan biridir. Yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan bunday ezgu tashabbuslar esa ekologik barqarorlikni ta’minlash va kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi.
Ajdodlar xotirasiga hurmat — ezgu qadriyatimiz
Ajdodlar xotirasini e’zozlash, qabristonlarni obod va ozoda saqlash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Qabristonlar nafaqat xotira maskani, balki savob va ezgu amallar makoni sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ularni obod etish orqali ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromimizni namoyon etamiz.
Shu maqsadda Andijon davlat texnika institutining Iqtisodiyot va boshqaruv hamda Intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetlari talabalari va professor-o‘qituvchilari tomonidan hashar tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida qabriston hududlari tozalanib, chiqindilar yig‘ishtirildi, atrof-muhit obodonlashtirildi hamda ajdodlar ruhiga duo qilindi.
Hashar doirasida O‘razon ota va Takavoy ota qabristonlarida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Talabalar tomonidan hududlar tartibga keltirilib, tozalik va ozodalikka alohida e’tibor qaratildi.
Bunday ezgu tashabbuslar yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, mehr-oqibat, vatanparvarlik va jamoaviy birdamlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi. Institut jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu xayrli ishlar yurtimizda pokiza va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
«Kim bir yaxshilikka yo‘l ko‘rsatsa, o‘zi ham unga ega bo‘ladi». Ushbu hikmat mazkur tadbirning ma’naviy mazmunini yanada boyitib, ezgu amallarga undovchi muhim g‘oya sifatida namoyon bo‘ladi.
Yashil makon umummilliy tashabbusi doirasida Andijon davlat texnika institutining volontyor talabalari Bogʻishamol hududidagi Bogʻi Boburda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Tashabbus doirasida hududdagi mavjud yashil maydonlar tozalandi, daraxt va butalarning atrofi tartibga keltirildi hamda sayilgoh bo‘ylab ekologik tozalash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbir nafaqat shahar ekologiyasini yaxshilashga, balki yoshlar orasida tabiatga mehr, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirishga xizmat qiladi. Volontyor talabalar o‘zining faol va tashabbuskor ishtiroki orqali jamiyatda ekologik madaniyatni oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Institut talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu amaliy ishlar “Yashil makon” dasturining keng qamrovli maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash, shaharimizni yanada ko‘rkam, obod va yashil hududga aylantirish yo‘lidagi ezgu tashabbus sifatida e’tirof etildi.
Volontyor talabalar uchun dasturxon yozildiVolontyor talabalar uchun dasturxon yozildi
Yashil makon umummilliy tashabbusi doirasida Andijon davlat texnika institutining tashabbuskor va faol volontyor talabalari Bog‘ishamol hududida joylashgan Bog‘i Bobur majmuasida keng koʻlamli obodonlashtirish çalışmalarini olib bormoqdalar. Mazkur sa’y-harakatlar doirasida hududdagi daraxtlar parvarishi, yangi ko‘chatlar ekish, mavjud landshaftni yaxshilash, atrofni tozalash hamda yashil maydonlarni kengaytirish kabi qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Talabalar nafaqat jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishmoqda, balki aholiga ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib bormoqdalar.
Tashabbusning asosiy maqsadi — yoshlar orasida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat, Vatanga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish va ekologik barqarorlikka hissa qo‘shishdir. Volontyorlar tomonidan olib borilayotgan ushbu ishlar nafaqat hudud ko‘rkini yanada chiroyli qilishga, balki atrof-muhitning sog‘lomlashtirilishiga xizmat qilmoqda.
Ushbu ezgu loyihada faol ishtirok etayotgan volontyor talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida institut rektori Umid Turdialiyev boshchiligida ular uchun dasturxon yozildi. Tadbir davomida rektor volontyorlar bilan suhbatlashib, ularning tashabbuskorligi, mehnati va ekologik jarayonlarga bo‘lgan mas’uliyatini yuqori baholadi. Shuningdek, bunday loyihalar institutda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim omil ekanligini ta’kidladi.
Dasturxon atrofidagi samimiy muloqot talabalarning kayfiyatini ko‘tarib, ularni yanada faol ishlashga undadi. Institut rahbariyati kelgusida ham Yashil makon tashabbusi doirasida doimiy ravishda shunday amaliy tadbirlarni davom ettirishini ma’lum qildi.
Obodonlashtirish ishlari kunning ikkinchi yarmida ham davom ettirildi
Yashil makon umummilliy tashabbusi doirasida Andijon davlat texnika institutining volontyor talabalari Bogʻishamol hududidagi Bogʻi Boburda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Tadbir davomida talabalar hududni tozalash, qurigan shox-shabbalarni yig‘ish, ko‘kalamzorlashtirish maydonlarini tartibga keltirish, yangi ko‘chatlar ekish va mavjud daraxtlarni parvarishlash kabi bir qator amaliy ishlarni bajardilar.
Mazkur tashabbus yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyatini kuchaytirish hamda jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shish maqsad qilingan. Volontyor talabalar o‘z faoliyatlari bilan nafaqat hudud manzarasini yanada chiroyli qilishga, balki aholining ekologiya borasidagi ongini yuksaltirishga ham xizmat qildilar.
Tashkil etilgan obodonlashtirish ishlari doirasida talabalarga institut rahbariyati tomonidan zaruriy vositalar yetkazib berildi va ularning tashabbuskorligi munosib rag‘batlantirildi. Ushbu amaliy faoliyat talabalarning jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, tabiatga mehr-muhabbatni mustahkamlash hamda ularni ijtimoiy faollikka undashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Andijon davlat texnika institutida “Eko-faol” bo‘limi tashabbusi bilan ekologik tadbir o‘tkazildi
2025-yil 10-iyun kuni Andijon davlat texnika instituti “Eko-faol” bo‘limi tashabbusi bilan “Yashil makon – sog‘lom hayot” shiori ostida ekologik targ‘ibot va amaliy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – talabalar va institut xodimlari o‘rtasida ekologik ong va mas’uliyatni yanada oshirish, atrof-muhitni asrash bo‘yicha amaliy harakatlarni rag‘batlantirish, shuningdek, “Eko-faol” bo‘limi faoliyatini keng jamoatchilikka tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar va ko‘ngillilar “Eko-faol” bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Institut rahbariyati bu kabi ekologik tadbirlarning nafaqat institut hududida, balki butun jamiyatda barqaror yashash tamoyillarini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
“Eko-faol” bo‘limi faoliyatini bundan buyon ham izchil davom ettirib, yoshlarning ekologik mas’uliyatini oshirish borasida yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
“Eko-faol” bo‘limi tomonidan navbatdagi ekologik tadbir va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi
Andijon davlat texnika instituti “Eko-faol” bo‘limi tomonidan 2025-yil 12-iyun kuni talabalar uchun navbatdagi ekologik seminar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Tadbir “Tabiat bizdan yordam kutmoqda” shiori ostida o‘tkazildi.
Dastlab institut faollar zalida ekologik xavfsizlik, iqlim o‘zgarishining ta’siri, va chiqindilarni kamaytirish usullari bo‘yicha interaktiv seminar tashkil etildi. Seminar davomida mutaxassislar tomonidan talabalar savollariga javoblar berildi.
Shundan so‘ng talabalar ishtirokida institut hovlisida ekologik tozalash aksiyasi va ko‘chat ekish ishlari olib borildi. Ushbu jarayon yoshlar orasida ekologik mas’uliyat hissini oshirishda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan guruhlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. “Eko-faol” bo‘limi tomonidan bu kabi tadbirlar yil davomida muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bo‘lim rahbariyatining ta’kidlashicha, ekologik tarbiya va tashabbuskorlik bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib, yosh avlodni bu yo‘nalishda faol ishtirokga jalb qilish eng muhim vazifalardan biridir.